Eng avvalgi musulmon va eng birinchi siddiq va Rasulullohning hamsuhbatlari hamda Ulardan keyingi birinchi xalifa bo‘lmish Abu Bakr Siddiq Abdulloh ibni Abu Qahofa ibni Omir nasablari Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga tutashadi.. Va Murra ibni Kab’i ibni Luayda jamlanadi. Onalari esa Omirning o‘g‘li Sahrning qizlari bo‘lmish Salmo nomli ayol edilar.
Abu Bakr Siddiq, raziyallohu anhu fil yilidan ikki yilu to‘rt oydan so‘ng tug‘ilganlar. Rasululloh alayhissalomdan ikki yoshu to‘rt oylik kichkina edilar. Rasululloh alayhissalom ul janobning rostgo‘yliklari, omonatdorliklari hamda Isro va Me’roj hodisasini eng birinchi bo‘lib tasdiqlaganliklari uchun Siddiq deb nom qo‘ygan edilar. Ya’ni, Rasulu akrom hazratlari janobni rostgo‘ylarning rostgo‘yrog‘i degan yuksak sifat bilan oliy maqom darajasiga ko‘targandilar.