Фотимахон Сулаймон қори қизи
Мўминалар силсиласи
MO’MINA AYOLLAR IBRATI
(Muharrir muqaddimasi)
Bismillahir rohmanir rohiym.
Islom dinida insonlarning insonlardan farqi, faqat Allohga itoati, doimiy toati, taqvosi bilan belgilanadi. Alloh aytadi: "Albatta sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlirog‘ingiz taqvodorrog‘ingizdir" (Hujurot surasi, 13-oyat). Ayollarning yaxshisi, e’tiborlisi esa erlariga itoatda bo‘luvchi mo‘mina ayollardir. Qur’oni karimda marhamat etilgan: "Bas, ibodat-itoatli va (erlari) yo‘qligida Allohning hifzu himoyasi bilan (erlarining mol-mulklarini va o‘z iffatlarini) saqlovchi xotinlar - yaxshi xotinlardir. (Niso surasi, 34-oyat)
19:37 / 26.06.2020
5701